
Pogba "Yuventus"da Pyanichning o‘rnini egallashi mumkin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba jamoada bosh murabbiy o‘zgarganiga qaramasdan yana “Yuventus”da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino o‘rniga Ole-Gunnar Sulsher bosh murabbiy etib tayinlangan. Shundan so‘ng frantsuz futbolchisi gol ura boshlagan.
Xabarlarga ko‘ra, “Yuventus” o‘z etakchilaridan biri Miralem Pyanichni sotmoqchi. 28 yoshli bosniyalik futbolchiga “Manchester Yunayted”dan tashqari yana bir qator jamoalar ko‘z tikib turibdi.
Pyanichning turinliklar bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shuning uchun xaridor klublar unga yaxshigina narxga xarid qilishlariga to‘g‘ri keladi. Yarim himoyachining o‘zi esa PSJga o‘tishni istamoqda.
Fikrlar