
Pogba Messi bilan uchrashdi
Milliy chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusda terma jamoalarga chaqirilmagan futbolchilar bir necha kunga ta’til olishdi.
Argentinalik Leonel Messi xotini va u nafar o‘g‘li bilan Dubay shahriga dam olish uchun yo‘l olgan edi. U erda Messi Frantsiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan uchrashdi, deya xabar beradi El Mundo Deportivo nashri.
Bu futbolchilar Pogbaning “Barselona”ga o‘tish haqida suhbatlashgan. So‘nggi vaqtlarda ushbu mavzu juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Fikrlar