
Peter Shmeyxel "Manchester Yunayted" sport direktori lavozimida ish boshlashi mumkin
“Manchester Yunayted”ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxel klub boshqaruv tizimida ish boshlashi mumkin.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” Shmeyxelga klubning sport direkorti lavozimini ishonib topshirishmoqchi. O‘z navbatida daniyalik sobiq darvozabon bu boradagi yakuniy qarorini yangi yilda e’lon qilishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Peter Shmeyxel 1991-1999 yillarda MYu sharafini himoya qilgan.
Fikrlar