
Peru terma jamoasi bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Peru futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Rikardo Gareka bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra 60 yoshli argentinalik mutaxasiss Peru terma jamoasida yana 3 yil, ya’ni JCh-2022 saralashi yakuniga qadar ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Gareka boshchiligidagi Peru JCh-2018da o‘z yurishini guruh bosqichidayoq to‘xtatgan edi.
Fikrlar