Perishich APLda to‘p surishni orzu qilmoqda

  • 28 noyabr, 2018, 19:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich Angliya chempionatida to‘p surish orzusi ekanligini aytib o‘tdi.

Tecno

O‘tgan yozda bu futbolchi xizmatlariga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirgan edi, ammo transfer amalga oshmadi.

Men har doim Premer-ligada o‘ynash orzuim ekanligini aytganman. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ko‘ramiz oldinda bizni nimalar kutib turibdi. Hozir mening asosiy maqsadim “Inter”ga yordam berish, – deydi Perishich.

Perishichning Milan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Bu mavsum Perishich barcha turnirlarda 16 o‘yinda 2 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!