
Pepsi Superliga. Derbida kuchlar teng keldi va boshqa natijalar
Kun doirasidan 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlabki o‘yin Jizzaxda kechdi. Unda "So‘g‘diyona" Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Olmaliqning AGMKsi esa "Qizilqum"ga mezbonlik qilib, raqibni yirik hisobda taslim etdi.
Kunning va turning markaziy o‘yini Toshkentda kechdi. Unda "Paxtakor" derbida "Lokomotiv" bilan kuch sinashdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan qarama-qarshilikda kuchlar teng keldi - 1:1.
Fikrlar