
Payet top-5 chempionatlarida futbolchilari orasida eng yaxshi assistentga aylanib oldi
Frantsiyaning “Marsel” klubi yarim himoyachisi Dimitri Payet kecha “Zaltsburg”ga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jamoasining yagona goliga assistentlik qildi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 16ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan. Payet ayni damda ushbu ko‘rsatgich borasida Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar