“Paxtakor” – “Navbahor”. Poytaxtdagi uchrashuvlarda ustunlik yaqqol "sherlar" tomonida

  • 31 oktabr, 2018, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor Superliganing 28-turida "Paxtakor" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoalari chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishmoqda va hozirga qadar o‘zaro 55 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 35 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 7 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 95 gol urib, 42 to‘p o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 24tasida "Paxtakor" g‘alaba qozonib, 2 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. E’tiborlisi, “Paxtakor” o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 21 o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan.

O‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" namanganliklarni yirik hisobda dog‘da qoldirgan.

Joriy mavsum birinchi bosqichda Tiago Bezerra tomonidan kiritilgan yagona gol "Paxtakor"ga Toshkentda muhim yutuqni taqdim etgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvi ertaga soat 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдул
31/10/2018 12:36
Эртага хам худо хохласа галаба биз тариф да булади Пахтакор чемпион