
"Paxtakor” BAAdagi so‘nggi nazorat uchrashuvida durang natija qayd etdi
Xabaringiz bor Toshkentning «Paxtakor» klubi BAAda yilning ilk xorijiy yig‘ini o‘tkazmoqda. Bugun «sherlar» uchinchi nazorat o‘yinini Avstriya chempioni «Red Bull Zaltsburg» klubiga qarshi o‘tkazdi.
Avstriyaning oxirgi yillardagi peshqadamiga aylanib ulgurgan «Red Bull Zaltsburg» klubiga qarshi uchrashuvda «Paxtakor» murabbiylari tarkibdagi barcha futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi.
Biroz avval yakuniga etgan ushbu bahs davomida jamoalar bir qator vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo‘lishiga qaramay, bellashuvda hisob ochilmadi. Shu tariqa «Paxtakor» BAAdagi yig‘in doirasida so‘nggi nazorat bahsida durangga imzo chekdi.
Jamoa vakillari 30 yanvar kuni Toshkentga qaytadi va 5 fevral kuni Antaliyaga yo‘l oladi.
"Paxtakor" - "Red Bull Zaltsburg" - 0:0
27 yanvar. Dubay.
"Paxtakor": Lobanov (Ergashev, 82), Andreev (Ibrohimov, 75), Tojiev (Oraxovats, 46), Bulyat (G.Ahmedov, 68), Alijonov (Avilov, 64), A.Ahmedov (Kozak, 64), O‘runov (Ismatullaev, 46), Sohibov (Karimov, 66), Masharipov (Nurullaev, 70), Iskanderov (Tolipov, 68; Davlatjonov, 81), Sergeev (Hakimov, 66).
Fikrlar