
“Paxtakor” – “Lokomotiv” o‘yini jonli efirda namoyish etilishi ham mumkin
Bir necha soat oldin oliy liga 7-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin “Paxtakor” – “Lokomotiv” bahsi yozib olingan holda namoyish etilishini ma’lum qilgandik.
SPORTS.uzga ma’lum qilishlaricha, ushbu qarama-qarshilik poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘tkazilayotgani va ushbu musobaqadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportajlar olib ko‘rsatilishi sabab Sport telekanali “Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvini kechki dasturda efirga uzatadi.
Agar xalqaro musobaqaning ertangi kun dasturlari muddatidan oldin yakunlanadigan bo‘lsa, ushbu bellashuv jonli tarzda namoyish etilishi ham mumkin.
Ta’kidlash joiz, badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqchilarini qabul qilish barmoq bilan sanoqli davlatlargagina nasib etgan.
Fikrlar