PSJ "Yuventus" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 27 dekabr, 2018, 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi “Yuventus” ko‘zlayotgan futbolchini birinchi bo‘lib o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra gap “Arsenal” xavbeki Aaron Remzi haqida ketmoqda. Turin super klubi 28 yoshli uelslik futbolchini yozda, ya’ni “kanonirlar” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanganida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Biroq, parijliklar mavsum yakunlanishini kutishni xohlashmayapti va Remzini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Buning uchun ular Remziga 1,5 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Remziga yiliga 10 mln evro maosh va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!