
PSJ Kavanini qo‘yib yubormoqchi emas
Frantsiyaning PSJ klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Edinson Kavanining kelajagi borasida bir qarorga keldi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 31 yoshli urugvaylik futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishmoqchi. Aytish lozimki, uning hozirgi kelishuvi 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Kavani PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U joriy mavsum 2ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar