
O‘zbekistonlik voleybolchi yigitlar xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda
Qozog‘istonning Almati shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida xalqaro turnir start oldi. Turnirda Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan jamoalar qatnashmoqda.
Musobaqada yurtimiz sharafini Toshkent shahrining «Orient» jamoasi himoya qilmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Kecha musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun vakillarimiz Qozog‘istonning «Burevestnik Almati» jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadilar.
Eslatib o‘tamiz, «Orient» jamoasi bir necha kun oldin Qo‘qonda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining birinchi turi yakunlariga ko‘ra peshqadamga aylanib olgandi.
Fikrlar