O‘zbekistonlik hakamlar Odil Ahmedov jamoasi uchrashuvida ishlaydi

  • 29 iyun, 2017, 11:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) OChL–2017 chorak final dastlabki o‘yinlaridan biri — “Shanxay SIPG” (Xitoy) va “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) klublari o‘rtasidagi uchrashuvga rasmiylarni tayinladi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik referilardan Ilgiz Tantashev darvoza ortidagi hakam vazifasini bajarsa, Ruslan Serazitdinov zaxira hakami bo‘lib ishlaydi, deya ma’lum qilmoqda O‘FF matbuot xizmati. 

Qayd etish kerakki, shanxayliklar tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradi. Quyida uchrashuvning barcha rasmiylari bilan tanishing.

Bosh hakam: Navaf Abdulla (Bahrayn);

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Abdulla va Ibrohim Muborak Sabt (ikkisi ham Bahrayn);

Darvoza ortidagi hakamlar: Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi (Bahrayn), Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston);

Zaxira hakami: Ruslan Serazitdinov (O‘zbekiston);

Hakamlar nazoratchisi: Chyong Yim Yau (Gonkong);

Uchrashuv komissari: Talal Muhammad Ali (Iordaniya).

Avvalroq O‘zbekiston Birinchiligida darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o‘tkazilgani, Ilgiz Tantashev aynan darvoza ortidagi referi bo‘lib ishlagani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, “Shanxay SIPG” – “Guanchjou Evergrand” uchrashuvi 22 avgust kuni Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!