
O‘zbekistonda ilk marotaba karatechilarimizga innovatsion jang simulyator panjasi taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz milliy karate federatsiyasi hamda "Ludus alliance" hamkorligida karatechilarimizga innovatsion jang simulyator panjasi topshirildi.
"Ludus alliance" tashkiloti tomonidan yaratilgan innovatsion jang simulyator panjasi sportchilarning tezligi, reaktsiyasi, kuch-quvvati va chidamliligini o‘lchaydi.
"Ludus alliance" mutaxassisi fikricha, innovatsion jang simulyator panjasini yaratish uchun besh yil vaqt ketgan. Panjalar O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya va Isroil mamlakatlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi. Ularning dunyo bo‘yicha ilk taqdimoti 2018 yili Andijon shahrida o‘tkazilgan edi.
Mazkur innovatsion jang simulyator panjasi O‘zbekistonda birinchi marotaba karate (WKF) bo‘yicha milliy terma jamoasiga taqdim etildi. Buning samarsamida, karatechilarimiz bo‘lajak musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘radilar va yuqori natijalarga erishadilar.
Mazkur panjalar qayd etgan natija mobil ilovalar orqali murabbiylarga yuboriladi va shu asosda sportchining holati baholanadi.



Fikrlar