O‘zbekiston kubogi: “Dinamo” – “Bunyodkor” o‘yini “Sport” TV orqali namoyish etiladimi?

  • 6 oktabr, 2017, 14:21
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi doirasida bugun bo‘lib o‘tadigan «Dinamo» - «Bunyodkor» o‘yini barchada qiziqish uyg‘otgan.

Tecno

Buni inobatga olgan «Sport» telekanali final yo‘llanmasini taqdim etuvchi «Dinamo» - «Bunyodkor» uchrashuvni namoyish etish uchun Samarqandga 12 kishilik texnik jamoa va sharhlovchi Abdulla Nurmonovni xizmat safariga jo‘natgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 

«Dinamo» - «Bunyodkor» yarim final javob o‘yini «Sport» telekanali orqali bugun soat 22:10da yozib olingan holda efirga uzatiladi.

Tunda yoqqan yomg‘irdan keyin hozirda ham Samarqandda havo bulutli bo‘lib turibdi. «Dinamo» markaziy o‘yingohida o‘tadigan uchrashuv soat 15:00 da boshlanadigan bo‘lsada, o‘yingoh kassalarida chiptalar sotuvi davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.

O‘zbekiston Kubogi-2017.

Yarim final. Javob uchrashuvi.

6 oktyabr (juma)

«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent)

Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy).

Dastlabki uchrashuv – 0:0.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 15:00

TV-translyatsiya: «Sport TV» (22:10).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!