O‘zbekiston U-23 termasi M-150 Cup chempioniga aylandi

  • 16 dekabr, 2017, 01:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo‘lib o‘tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv ancha qiziqarli ruhda o‘tdi. Avvaliga Zabihillo O‘rinboev 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar bilan boshlandi. Zabihillo O‘rinboev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyish qildi va Doniyor Narzullaevning ajoyib uzatmasidan so‘ng ikkinchi golini kiritdi.

Ammo o‘yin tugashiga oz fursat qolganda Yaponiya yoshlari yana standart vaziyatdan foydalanishdi, bu safar burchak to‘pidan so‘ng hisob tenglashdi.

O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi - 5:4

M-150 Cup. FINAL
O‘zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2.
Gollar: Zabihillo O‘rinboev 45, Zabihillo O‘rinboev 73 – Yuta Kamiya 45+2, Yuta Kamiya 88 
O‘zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doniyor Narzullaev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G‘aniev, Bobir Abduholiqov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboev (s)
Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoichi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, Shion Inoue, Ayase Ueda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!