
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bugun Tailandga uchib ketadi
Shu yilning 16–26 may kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo‘yicha tarixda ilk marta 20 yoshgacha bo‘lgan futzalchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
30 mart kuni bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhida Qatar, Livan, Myanma va Gonkonglik tengdoshlari bilan kuch sinashadi.
O‘FA matbuot xizmati tarqatayotgan xabarga qaraganda, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi delegatsiyasi bugun 23:00da Toshkent - Bangkok yo‘nalishida Tailand poytaxtiga uchib ketadi.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Chorak finalda g‘alaba qozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo‘l oladi. Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun ham uchrashuv o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahridagi Bangkok Arena va Huamark Indoor Stadium sport majmualarida o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqaga yo‘l oluvchi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi delegatsiya tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Fikrlar