O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Xitoyga qarshi maydonga tushadi

  • 23 sentabr, 2018, 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi.
 
Eslatib o‘tamiz, Ilxom Xanjariev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashgan bo‘lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida, 3-turda esa Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
 
Bugun terma jamoamiz vakillari musobaqadagi so‘nggi o‘yinda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. 
 
O‘yin Kolombo shahridagi «SR&FC Grounds» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!