O‘zbek va ingliz bokschilari birgalikda Yangiobodda mashg‘ulotlar o‘tkazishdi (foto)

  • 31 may, 2017, 12:46
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda boks jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Charm qo‘lqop ustlarimiz buni o‘tgan yili Braziliyada tashkil qilingan Rio Olimpiadasi, qit’a va xalqaro musobaqalarda ibhsbotlab kelishmoqda.

Tecno

Shu sabab dunyoning qator davlatlari bokschilari tajriba va malaka oshirish maqsadida bokschilarimiz bilan hamkorlik qilishni rejalashtirishgan.

Avval xabar berganimizdek, ayni damda Angliya boks terma jamoasining 25 kishilik tarkibi yurtimizda bo‘lib turibdi. Har ikki terma jamoa vakillari Toshkent viloyatidagi Yangiobod o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari bazasida terma jamoamiz a’zolari birgalikda shug‘ullanib, tajriba almashishmoqdalar.

Angliya tarkibidan Jalol Yafai, Pat Makkormak, Muhammad Ali, Freyzer Klark kabi Olimpiya o‘yinlari, jahon va Evropa chempionatlari ishtirokchilari bor.

Rejaga ko‘ra, mashg‘ulotlar 1 iyun kuni yakuniga etadi va ingliz bokschilari o‘z yurtlariga qaytib ketishadi.

E’tiboringizga ushbu mashg‘ulotlardan fotoreportajni havola etamiz.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!