O‘zbek tennischilari Afrikada g‘alaba qozonmoqda

  • 16 mart, 2017, 17:35
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Afrika qit’asidagi mamlakat - Tunisda tennis bo‘yiyaa ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan kelgan tennischilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Tecno
 

Musobaqaning juftlik bellashuvlarida ishtirok etayotgan tennischilarimiz - Arina Folts va Albina Xabibulina dastlabki davradan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Sloveniyalik Nina Potochnik bilan birga uchinchi raqamli juftlikni tashkil qilgan Arina Folts birinchi o‘yinda slovakiyalik Barbora Palkatova hamda chililik Ivaniya Martinichni 6:1, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Qozog‘istonlik Aleksandr Grinchishina bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Albina Xabibulina esa Germaniya vakillari - Katarina Gerlach va Marlin Tilgner ustidan 6:1, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!