O‘zbek klublari tarixidan – “Paxtakor”

  • 25 dekabr, 2018, 19:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishuniga qadar SSSR chempionatida ham ancha muvaffaqqiyatli ishtirok etgan. 

Tecno

paxta retro

1979 yilda esa jamoa a’zolari bortida bo‘lgan samolyot fojeali tarzda aviahalokatga uchragan. Natijada jamoaning 17 nafar a’zosi fojeali tarzda halok bo‘lgan. 1979 yilnin 11 avgust sanasi o‘zbek futboli tarixiga qora harflar bilan yozib qo‘yilgan. Toshkent-Gurev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan Dneprodzerjinks osmonida to‘qnashib ketdi. Fojea 8 400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqt o‘zbek futbolining faxri hisoblangan “Paxtakor”ning 17 nafardan iborat tarkibi ham halok bo‘lgan.

1992 yilda birinchi marta o‘tkazilgan mustaqil O‘zbekiston chempionatida “Paxtakor” “Neftchi” jamoasi bilan birgalikda chempionlikni bo‘lishib olgan. 1993 yili esa jamoa chempionlikka erisha olmadi, lekin mamlakat Kubogiga ega chiqdi. Keyingi kubok faqatgina 1997 yilda qo‘lga kiritilgan. 1998 yilda chempion bo‘lgan “Paxtakor”ga 1999 va 2000 yilgi mavsumlar omadsiz keldi. 2001 yili kumush medal sohiblariga aylangan “sherlar”, O‘zbekiston Kubogini uchinchi bor yutishga muvaffaq bo‘lishdi. 2001 yildan boshlab esa jamoa 2008 yilgacha har mavsum chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Jamoa yangi tashkil etilgan Osiyo Chempionlar ligasi dastlabki ikki mavsumida yarim finalni zabt etdi. Ketma-ket olti mavsum davomida “Paxtakor” mamlakat chempionati va Kubogida g‘olib chiqdi. Bir yillik tanaffusdan so‘ng 2009 yilda Kubok yana qo‘lga kiritildi.

paxtakor win sports1

“Paxtakor” – O‘zbekistondagi eng sovrindor jamoa hisoblanadi. “Sherlar” jamoasi umumiy hisobda 11 marta mamlakat chempionati oltin medallariga ega chiqishgan. Shuningdek, jamoa 11 marta O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lgan. 6 marta klub O‘zbekiston vitse-chempionligini qo‘lga kiritgan. Qolaversa, Osiyo maydonlarida ham ko‘p bora muvaffaqiyatli mavsumlar o‘tkazgan.

“Paxtakor” jamoasi erishgan yutuqlar:

11 karra O‘zbekiston chempioni (1992, 1998, 2002-2007, 2012, 2014, 2015);

6 karra O‘zbekiston vitse-chempioni (1993, 2001, 2008-2010, 2018);

11 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi (1993, 1997, 2000/01, 2001/02, 2004-2007, 2009, 2011);

2 karra Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalchisi (2002/03, 2004);

Hamdo‘stlik kubogi sohibi (2007).

Jamoa tarkibida to‘p surgan mashhur futbolchilar: Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasnitskiy, Yuriy Pshenichnikov, Vladimir Fyodorov, Mixail An, Vasilis Xadzipanagis, Gennadiy Denisov, Abdusamat Do‘rmonov, Gintaras Kvitkaukas, Xoren Oganesyan, Andrey Pyatnitskiy, Andrey Akopyants, Odil Ahmedov, Pavel Bugalo, Jafar Irismetov, Zayniddin Tojiev, Oleg Shatskix, Gochkuli Gochkuliev, Fabio Pinto, Ixeruome Uche ...

Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar: Birodar Abduraimov, Rustam Akramov, Xans Verel, Ubirajara Veyga da Silva, Sergey Butenko, Viktor Jalilov, Tachmurod Agamurodov, Valeriy Nepomnyashiy, Miodrag Radulovich, Deyan Jurjevich.

Manba: O‘zPFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!