
Otasining bolasi: Diego Simeonening o‘g‘li 20 o‘yinda 10 ta gol urdi
Italiya chempionati 22-turida “Jenoa” safarda “Fiorentina” mehmoni bo‘lib, 3:3 hisobida irodali durangni qayd etdi.
“Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diego Simeonening o‘g‘li Jovanni “Jenoa” hujumchisi sanaladi. Aynan uning xatti-harakati evaziga irodali durangga erishdi. U dubl muallifiga aylandi.
Shunday qilib, Jovanni Simeone Italiya chempionatining 20 ta uchrashuvida 10 ta gol kiritishga erishdi. Qayd etish kerakki, argentinalik futbolchi atigi 21 yoshda.
Fikrlar