Osiyo o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

CHERY AUTO

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan kasaba uyushma sportchilari taqdirlandi.

Tecno

Joriy yilning 18 avgustidan 2 sentyabr kuniga qadar o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 17 nafar kasaba uyushma sportchilari og‘ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish va eshkakli slalom sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Ushbu sport yo‘nalishlarda bahsga kirishgan sportchilar o‘rtasida 6 nafari O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkitadan oltin, kumush va bronza medallarini keltirdi. Xususan akademik eshkak eshish bo‘yicha Shahboz Xolmirzaev va Shahboz Adbujabborov oltin, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha  Elyorjon Mamadaliev kumush, og‘ir atletikachi Doston Yoqubov kumush, baydarka va kanoeda eshkak eshish, bo‘yicha Shuhrat Mahkamov va  Shohrux A’zamov bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘nggida  XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 11 nafar sportchi va ularning murabbiylari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.

Tadbirda kasaba uyushmalari federatsiyasi rais o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliev so‘zga chiqdi.

photo_2018-09-17_15-20-11

photo_2018-09-17_15-20-10

photo_2018-09-17_15-20-07

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!