
Osiyo o‘yinlari 3-kun. 10ta medali bor O‘zbekiston umumjamoa hisobida hamon 10-o‘rinda (FOTO)
Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Hamyurtlarimiz musobaqaning ilk kunlaridanoq birin-ketin medallar qo‘lga kiritishni boshlab yuborishdi. Bugun musobaqaning uchinchi kunida vakillarimiz 9ta sport turida kurashlarda ishtirok etishdi. Dastlab Taekvondoda Dmitriy Shokin (+80kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ushbu sport turidan Svetlana Osipova (+67kg) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi bronzani qo‘shib qo‘ydi. Bugun shuningdek og‘ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev (62kg) ham bronza medalini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda sportchilarimiz bugun jami 3ta (1ta kumush, 2ta bronza) medalni hisobimizga qo‘shib qo‘yishdi.
Shunday qilib, o‘tgan uch kun natijalariga ko‘ra hozircha terma jamoamiz delegatsiyasi hisobida jami 10ta medal mavjud va ular umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar