
Oqgul Omonmurodova hamda Nigina Abduraimova yarim finalda to‘qnashadi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Ostona shahrida o‘tkazilayotgan tennis turnirida juftlik bahslari ham murosasiz o‘tmoqda.
Unda tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova gruziyalik Ekaterina Gorgodze bilan hindistonlik Beatris Gumulya va Jessi Rompiesni 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Oqgul va Ekaterina musobaqaning yarim finalida Nigina Abduraimova hamda rossiyalik Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar