
"Olimpiya harakati" spartakiadasining Namangan viloyati bosqichi yakunlandi
Viloyat hokimligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu sport bayramida boks, dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, karate, engil atletika bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bahslarda viloyatning shahar va tumanlaridan 1400 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirgan sportchilar qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandilar.
Fikrlar