Oksana Chusovitina: Men raqiblarga qarab o‘tirmayman

CHERY AUTO

Bugun 43 yoshli sportchimiz O‘zbekistonga qaytib keldi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolari yig‘ishni boshlab yuborgan Chusovitina musobaqa davomida o‘zini qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tecno

«Barchasi ajoyib bo‘ldi. Muxlislarimga rahmat. Parij bizni yaxshi kutib oldi. Sport zalidagi muhit esa ajoyib edi. Raqiblar? Men raqiblarga qarab o‘tirmayman va o‘z ishimni to‘g‘ri bajarishga harakat qilaman. Umid qilamanki, barchasi reja bo‘yicha davom etadi. Yana bir marotaba meni qo‘llab-quvvatlab turganlarga minnatdorchilik bildiraman», – dedi Oksana Chusovitina.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Jahon kubogi Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini taqdim etdi. Demak, Chusovitina ushbu musobaqa orqali o‘zi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!