
Nurmagomedov Makgregor bilan bo‘ladigan jangda rekord miqdorda gonorar oladi
Engil vazn toifasida (UFC) chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘ladigan titul jangida 10 million dollardan ko‘proq gonorar oladi. Bu aralash yakkakurash jang san’atlarida faoliyat yuritadigan rossiyalik sportchilar uchun rekord gonorar hisoblanadi.
Nurmagomedov jang oldidan: “Bu UFC tarixidagi eng yirik jang bo‘ladi. Muxlislar mening g‘alabamni kutishmoqda. Jang ko‘p pul olib keladi, chunki Konor juda mashhur”, degan edi.
Makgregor va Nurmagomedov ayni damda UFC 229 turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jang 6 oktyabr kuni Las-Vegasda bo‘libo‘tishi rejalashtirilgan. Rossiyalik sportchi engil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qiladi.
Nurmagomedov professional faoliyatida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Uning hisobida 26 g‘alaba mavjud. Makgregor esa yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni hisoblanadi. U 19 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.
> Mayk Tayson Nurmagomedov va Makgregor jangida kimni qo‘llab-quvvatlaydi?
Fikrlar