
No‘’mon Hasanov: "Nasaf" yaxshi o‘yin ko‘rsatdi
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur o‘yinni stadiondan kelish uchun “Markaziy” o‘yingohga kelgan muxlislar gol guvohi bo‘lishmadi.
Bellashuvdan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.
No‘’mon Hasanov: Bugungi bahs jangovor ruhda o‘tdi. Shogirdlarim bugungi bellashuvda borlarini berib harakat qilishdi. O‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsada, shogirdlarim harakatlaridan to‘liq qoniqdim.
Raqib bugun asosan qarshi hujumga tayanib harakat qildi. “Nasaf” bilan o‘yindan durang biz uchun qoniqarli emas. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz.
Bugun barcha futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi. Maydondagi birorta futbolchini almashtirishga ko‘zim qiymadi. Darko Gojkovichni oldinda o‘ynatganimni sababi, biz gol urishni istadik. Biz ham himoyaga ko‘proq e’tibor berib o‘ynashimiz mumkin edi. Lekin muxlislarimizni xursand qilish maqsadida hujumkor o‘ynashni afzal bildik. Bugun biz "Nasaf"ga o‘ynashga, o‘zini ko‘rsatishga bermadik.
Nosir Otaqo‘ziev haqida shuni aytaolmanki, uning yoshi o‘tib qoldi. Zaxiradagi o‘yinchilarga ko‘proq e’tibor qarataman. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilarnigina asosiy tarkibda maydonga tushiraman.
O‘tkir Yusupov: Bugungi o‘yin qiyin kechdi. “Nasaf” ancha kuchli jamoa. Ular bejizga “Loko”ni mag‘lubiyatga uchratishmagan. Murabbiymizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarganimiz bois, ijobiy natija qayd eta oldik. Muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Fikrlar