
“Nitstsa” tez orada Munir bilan shartnoma imzolaydi
Frantsiyaning “Lill” klubi yarimhimoyachisi Munir Obbadi “Nitstsa”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning axborot tarqatishicha, ayni paytda muzokaralar yakunlovchi bosqichga etib kelgan va ushbu ma’lumotni futbolchining agenti Erve Marshal ham tasdiqlagan.
Qayd etish joiz, 33 yoshli futbolchi joriy mavsumda 5 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar