
Nikita Rafalovich yakuniy turnirda ishtirok etadi
Ozarbayjonning Boku shahridagi "Sarhadchi" olimpiya sport markazida taekvondo WTF bo‘yicha yilning yakuniy turnirlari o‘tkaziladi.
9-10 dekabr kunlari WTF World Taekwondo Grand Prix Final deb nomlangan mavsumning so‘nggi Gran-Pri musobaqasida olimpiya vazn toifalarida eng kuchli 16 sportchi bahs olib borsa, 12-13 dekabrda erkaklar va ayollar jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etadi. Tarkibda terma jamoa bosh murabbiyi Akmal Ergashev, xalqaro toifadagi hakam Dmitriy Kim, O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi menejeri Sarvar Shamusarov va -80 kg vaznda 9-o‘rinni egallab turgan sportchi Nikita Rafalovich (jamg‘argan ochkosi 208.08 ball) bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Meksikada o‘tkazilgan Gran Prix-2015 yakuniy turnirida +80 kg vazn toifasida dayanga tushgan hamyurtimiz Jasur Boyqo‘ziev bronza medali bilan taqdirlangan edi.
O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar