
Nikita Rafalovich yakuniy Gran-prining bronza medali uchun jang qiladi
Xabar berganimizdek, BAAning Fujayra shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi musobaqalarning final turniri start olgan. Ushbu musobaqada yil davomida eng ko‘p reyting ochkolarini jamg‘argan 16 sportchi ishtirok etishi mumkin.
Reglamentga ko‘ra, birinchi kun dasturida barcha vazn toifalarida saralash bahslari o‘tkazilib, bugun faqat medallar uchun kechadigan janglar bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturga terma jamoamizdan -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich etib kelgan.
Nikita dastlab Germaniya so‘ng AQSh terma jamoasi vakillarini mag‘lub etib, yarim finalda rossiyalik Maksim Xramtsovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Final Gran-prida bronza medali 1 ta va yurtdoshimiz shohsupaga ko‘tarilish uchun narigi yarim finalda engilgan ivuarlik Chek Sisseni mag‘lub etishi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Rafalovich o‘tgan yili Abija shahrida kechgan yakuniy Gran-prida ham bronza medali bilan taqdirlangan edi. Afsuski, ushbu musobaqada qatnashgan terma jamoamizning boshqa vakillari Dmitriy Shokin va Nigora Tursunqulova medallar uchun kurashdan erta chiqib ketishdi.
Fikrlar