
Nigina Abduraimova ilk bosqichda engildi
Moskva shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Premier" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda saralash bahslari o‘tkazilmoqda.
Kreml kubogining asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun o‘tayotgan bellashuvlarda Nigina Abduraimov germaniyalik Laura Zigemundga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan o‘yinda, afsuski, Nigina 6:7, 6:3, 3:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ilk bosqichida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar