
Nega MYu Pogbani «PSJ»ga sotishi kerak?
Joze Mourino ehtimol barcha tanqidlarni o‘ziga qaratib olgandir, ammo klubning superyulduzi atrofidagi vaziyat ham barchasini murakkablashtirib yubormoqda.
Ser Aleks Fergyussondan keyingi davrda «Manchester Yunayted» amalga oshirgan transferlarning ko‘pchiligi foydasiz chiqmoqda.
Katta pullar evaziga klubga Memfis Depay, Bastian Shvaynshtayger, Genrix Mxitaryan, Aleksis Sanches va Anxel Di Mariyalar olib kelindi. Pol Pogba esa bu kategoriyadagi eng qo‘rqinchlisi desak adashmaymiz.
Mourinoning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolayotgan bir paytda Pogba atrofidagi atmosfera ham chigallashib bormoqda. U murabbiyidan oldinroq MYuni tark etishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Sababi unga kimsan «Pari Sen-Jermen» qiziqmoqda. Juma kuni parijliklar yulduzi Neymar yarim himoyachini Parijda ko‘rishdan xursand bo‘lishini tilga oldi. Bir qator sabablar tufayli ham frantsuz klubi Pogba uchun mos yo‘nalish bo‘lishi mumkin.
Eng avvalo u jamoani kuchaytirishi mumkin. «PSJ» yozda Ngolo Kanteni olib kelishga shuncha harakat qilsada, buning uddasidan chiqa olmadi. Shu sababli ular boshqa tayanch yarim himoyachisiga muhtoj. Adren Raboning shartnomasi tugab bormoqda, Motta esa faoliyatiga yakun yasadi. Shu sababli bu pozitsiyaga ular jahon darajasidagi futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.
Parijlklar katta o‘yinlarda tajribasi bor, jamoaning ba’zi pozitsiyalarini kuchaytira oladigan, umuman kuchli futbolchini qidirmoqda.
Parijdan bir necha km uzoqlikda tug‘ilgan Pogbadan boshqa durustrog‘i bormikin?
Yangi bosh murabbiy Tomas Tuxel klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga imkon bermoqda. Pogbaning kelishi barchasini sezilarli yaxshilashi shubhasiz.
To‘g‘ri u Kante kabi bosiq emas, ammo u yarim himoyada ikki pozitsiyani yopishi mumkin.
Bundan tashqari «PSJ» dunyoda hukmronlik qilishni maqsad qilgan. 2011-yilda qatarliklar tomonidan sotib olingan Parij klubi Frantsiya chegaralaridan uzoqdagi erlarni ham zabt etmoqchi. Shu maqsadda ular Neymarni olib kelishdi va bu hozircha ish bermoqda.
Ushbu transfer ular qonuniylik va e’tirfoni taqdim qilishi mumkin. Jahon Chempioni Kilian Mbappe buni ikki karra oshiradi. SportsPro jurnali 2018-yilda eng haridorgir sportchilarning ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unda Pogba eng yuqori o‘rinda bormoqda, ikkinchida esa Entoni Joshua. Mbappe esa kuchli uchlikda.
«PSJ» bu nuqtayi-nazardan dunyodagi eng bozori chaqqon futbolchilarning ikkitasiga ega: Mbappe va 16-o‘rindagi Neymar. Agarda bunga Pogba ham qo‘shiladigan bo‘lsa dunyo bo‘ylab «PSJ» brendi tarqalib ketishi aniq.
“PSJ” yozda moliyaviy feyr-pley qoidalariga qattiq rioya qilishga majbur bo‘ldi. UEFA sanktsiyalariga tushib qolmaslik uchun byudjetini tartibga solish maqsadida 100 million evroga yaqin futbolchilarini sotib yubordi.
Gonsalo Gedesh, Xaver Pastore, Yuri Berchiche, Odson Eduard va Jonatan Ikonelar tark etgan bo‘lsa, Motta, Ben Arfa, Krixovyak, Trapp va Lo Chelsolar ijara asosida Frantsiya poytaxtini tark etishdi. Bu esa klub g‘aznasiga katta yordam bo‘ldi.
Ushbu transfer Pogbaga o‘zini ko‘rsatish imkonini tug‘dirishi mumkin. «Manchester Yunayted»ga qaytganidan beri Evropa Ligasi va Liga Kubogini qo‘lga kiritgan yarim himoyachi bir pog‘ona yuqoriga qadam qo‘yishi shart.
U unga mos keladigan klubda emas. Buni tushunib etishi uchun ko‘p vaqtini o‘tkazib yuborishi mumkin. U noto‘g‘ri ekotizimda ekanligi va bu uning foydasiga ishlamayotgani bor gap.
U «Yuventus» va Frantsiya termasida yaxshiroq jamoadoshlar bilan katta ishlarni bajara olishini namoyish qildi. Iqtidor, qobiliyat, sifat bor bu klublarda, ammo «Manchester Yunayted»dagi muhit u uchun emas.
Fikrlar