
"Neftchi" bosh murabbiyi yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"Superligada qolish uchun kurash olib borayotgan 2 ta jamoa bugun maydonda to‘qnash keldi. Bugungi bahs shiddatga boy tarzda o‘tishi oldindan aniq edi. Zero ikkala jamoaga ham ochko juda-juda zarur edi. Biroq omad bizga emas, raqibga kulib boqdi. “So‘g‘diyona” yakunda 3 ochkoga ega chiqdi. O‘yindan oldin yigitlarga himoyada imkon qadar xato qilmaslikka urinishni ta’kidlagan edim. Biroq xatolarga yo‘l qo‘ydik va 3 ta gol o‘tkazib yubordik.
Bugun mezbonlarda ishtiyoq va shasht bizdan ko‘ra biroz yuqoriroq ekani ko‘rindi va shu boisdan ham imkoniyatni boy berdik. Endi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelasi bahslarga yaxshiroq hozirlik ko‘ramiz", - dedi Haydarov.
Fikrlar