“Nasaf” - “So‘g‘diyona”. Prevyu

  • 22 oktabr, 2018, 09:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchrashuv ertaga, 23 oktyabr seshanba kuni “Markaziy” stadionimizda soat 18:00da boshlanadi.

Tecno

O‘zaro uchrashuvlarga oid faktlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o‘zaro 36 marotaba kuch sinashgan. Shulardan 28ta o‘yinda “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan. 1ta o‘yinda o‘zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 7 uchrashuvda “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zaro uchrashuvlarda 109 marta darvozalarga gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik qarshiliklar tomonida – 78:31.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi shu yili Jizzaxda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, “ajdarlar” 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

Qarshida bo‘lgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 18ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 15 marta “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2 marta “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alabaga erishgan. Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarning faqat bittasida, ya’ni 1998 yilgi mavsumda golsiz durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 63ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ustunlik "ajdarlar" tomonida - 46:17.

Qarshidagi so‘nggi o‘zaro besh uchrashuv natijasi

20.09.2014. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  3:1

31.05.2015. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  3:1

26.06.2016. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  2:1

30.03.2017. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  4:0

30.04.2018. “Nasaf” - “So‘g‘diyona”  1:2

O‘zaro qayd etilgan yirik hisoblar

"Nasaf" jizzaxliklarni eng yirik 4:0 hisobida mag‘lub etgan. “So‘g‘diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g‘alabaga erishgan. 

O‘zaro o‘yinlarda “ajdarlar” olti marta yirik hisobda g‘alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009, 2016 yil, 4:1 – 2004, 2009, 4:0 - 2017).

Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o‘zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko‘rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O‘zaro o‘tkazilgan 36 uchrashuvda bu hisob 10 marta takrorlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!