"Napoli" etakchilari 2ta o‘yinga chetlatilishdi

  • 27 dekabr, 2018, 21:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi a’zolari Kalidu Kulibali va Lorentso Insine 2tadan o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Kulibali va Insine kecha “Inter”ga (1:0) qarshi bahsda hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib, maydondan chetlatilishgan edi.

Insine bundan tashqari hakamni haqorat qilgani uchun yana 10 ming evro jarima ham to‘laydigan bo‘ldi.

O‘z navbatida mahalliy muxlislar Kulibaliga nisbatan irqchilik qilganliklari uchun "Inter" ham jiddiy jazolandi. Unga ko‘ra "neradzurrilar" bo‘lajak 2ta uy o‘yinini muxlislarsiz o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ArsenalN1
27/12/2018 21:45
Bu ham xaqiqiy jonkuyar.