
"Napoli" Mertensni sotmoqchi
Italiyaning "Napoli" klubi o‘zining hujumkor yarim himoyachisi Dris Mertensni transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Football Italia nashrining ma’lum qilishicha neapolliklar ayni damda 31 yoshli belgiyalik futbolchining transferi borasida takliflarni kutmoqda. Ular Mertensni yozda sotib yuborishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki hozircha ushbu futbolchiga faqatgina Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi jiddiy taklif bilan murojaat qildi xolos.
Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum “Napoli” safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar