
"Napoli" – "Yuventus". Prevyu
Xabaringiz bor bugun Neapol shahridagi "San-Paolo" stadionida Italiya A Seriyasining 26-tur markaziy bahsi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni mezbon “Napoli” musobaqa peshqadami “Yuventus”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Napoli” va “Yuventus” shu kungacha o‘zaro 152 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 70tasida turinliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 33 marta neapolliklar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 49ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan.
- “Yuventus” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv so‘nggi bor 1997 yilning 23 mart kuni 0:0 hisobi qayd etilgan. Shundan buyon ushbu jamoalar to‘qnashuvida muxlislar stadionni golsiz tark etishmayapti.
- Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriya doirasidan o‘rin olgan so‘nggi 26ta o‘yindan 23tasida g‘alaba qozonishgan.
- Karlo Anchelotti jamoasi esa qatorasiga 18ta o‘yindan buyon A Seriya uchrashuvlarida o‘z maydonida yutqazmayapti.
- “Napoli” ketma-ket 5ta o‘yindan buyon o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab kelmoqda.
Taxminiy tarkiblar:
"Napoli" – "Yuventus"
Stadion: "San-Paolo" (Neapol)
Boshlanish vaqti: 00:30
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya)
"Yuventus": Shesni – Kanselu, Bonuchchi, Kelini, Sandro – Bentankur, Pyanich, Matyuidi – Ronaldu, Dibala, Manjukich.
"Napoli": Meret – Malkyui, Maksimovich, Kulibali, Gulyam – Allan, Ruiz, Zelinski – Kalexon, Insine, Milik.
Fikrlar