Mourinoning yordamchisi endilikda Qatar klubiga ustozlik qiladi (foto)

  • 18 yanvar, 2019, 18:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinoning yordamchisi Rui Faria endilikda mustaqil  faoliyat olib boradigan bo‘ldi. U Qatarning "Al-Duhail" jamoasi ustoziga aylandi.

Tecno

faria duhail

U tunislik Nabil Maalulning o‘rnini egalladi. Yaxshi bilasiz, Maalul 2018 yil Rossiya maydonlarida o‘tgan mundialda Tunis termasiga ustozlik qilgan edi. JChdan so‘ng esa "Al-Duhail"ga bosh murabbiy etib tayinlangan 56 yoshli mutaxassis oradan 5 oy o‘tib iste’foga chiqarilgan edi.

Ma’lumot uchun, Faria Mourinoga "Leyriya", "Portu", "Chelsi", "Inter", "Real" va "Manchester Yunayted" jamoalarida yordamchilik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!