
Modrich uchun bu mavsum Madriddagi so‘nggisi bo‘ladi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zining kelajak taqdiri borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra joriy mavsum 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun “Santyago Bernabeu”dagi so‘nggi mavsum bo‘ladi. Modrich yozda klub rahbariyatini o‘zini “Inter”ga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tish lozimki, “neradzurrilar” Modrichni joriy yozgi transferlar davrida sotib olishga qattiq urinishdi, ammo “qirollik klubi” etakchi futbolchisini qo‘yib yuborishni istamadi.
Fikrlar