Modrich: Ronaldu meni tabrikladi
Madridning "Real" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan hamon munosabatlari yaxshi ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Biroq, Ronaldu ushbu marosimga kelmadi.
“Oltin to‘p”ga nomzodlar qatorida ekanligimdan xursandman. Ronaldu? U bilan munosabatlarim yaxshi. UEFA tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilganimdan so‘ng u bilan gaplashdim. U meni tabrikladi. Tez orada uchrashishimiz mumkinligini aytdi”, - deydi 32 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Modrich va Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzod hisoblanishadi.



Fikrlar