Mirjalol Qosimov: Biz ta’tilga ertaroq chiqib qo‘ydik

  • 30 noyabr, 2018, 18:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nihoyat chempionat o‘z nihoyasiga etdi. Qiziqarli chempionat bo‘ldi. O‘ylaymanki, "Bunyodkor" ham yaxshi ishtirok etdi. Futbolchilarim bilan fahrlanaman.

Tecno

"Paxtakor"ni bugungi o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. Tarixda qoladigan uchrashuv bo‘ldi. Biz ta’tilga erta chiqib qo‘ydik.

Doimo jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, mavsum davomida futbolchilar va muxlislar o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tab bergan OAV xodimlariga ham tashakkurimni izhor etaman.

Oldinda terma jamoamizni Osiyo kubogi bahslari kutib turilbdi. Qolaversa, olimpiya termamiz ham marta oyida Osiyo chempionati saralash bosqichi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bo‘lajak musobaqalarda termalarimizga omad tilayman", - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!