
"Milan"ning asosiy hujumchisi jarohat oldi
"Milan" klubi forvardi Gonsalo Iguain kecha A Seriyaning 11- turi doirasida "Udineze"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat oldi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi belidan shikastlangan, ammo shifokorlar uning jarohatini jiddiy deb aytishmagan. Shunday bo‘lsada, “rossonerilar” murabbiylar shtabi jamoaning asosiy hujumchisi tezroq sog‘ayib ketishi uchun uni 8 noyabr kuni Evropa ligasi doirasida “Betis”ga qarshi bahsda maydonga tushirmasliklari mumkin. Chunki, oradan uch kun o‘tib, ya’ni 11 noyabr kuni chempionatda “Yuventus”ga qarshi muhim bahs kutib turibdi.
Ma’lumot uchun, Iguain joriy mavsum “Milan” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar