
“Milan” transfer bozorida sensatsiyalar qayd etishda davom etmoqda
Xitoyliklar qo‘liga o‘tgan Italiyaning “Milan” jamoasi yozgi transfer bozorida faollikni oshirishda davom etmoqda.
Leonardo Bonuchchi va Lukas Bilya kabi tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan “rossonerilar” yana bir yirik xarid ostonasida turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Milan” Turinning “Torino” klubi hujumchisi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Futbolchi va klub o‘zaro kelishuvga erishdi.
Endi milanliklar rahbariyati “Torino” vakillarini ko‘ndirishi lozim. “Milan” italiyalik futbolchi uchun 60-65 mln evro pul sarflashi kutilmoqda.
Fikrlar