
“Milan” top darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Italiyaning “Milan” klubi o‘z safiga “Yuventus” forvardi Gonsalo Iguainni qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda TransfersLlVE nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 30 yoshli futbolchining transferi “rossonerilar”ga taxminan 55-60 mln evroga tushadi. Bu borada har ikkala jamoaning kelishuvi rasman yangi haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Iguainni 60 mln evroga sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar