
"Milan" qishda "Chelsi"ning ikki nafar futbolchisini sotib olmoqchi
Italiyaning "Milan" klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida "Chelsi"ning ikki nafar futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “rossonerilar” “aristokratlar”dan himoyachi Andreas Kristensen va yarim himoyachi Sesk Fabregaslarni xarid qilmoqchi.
Aytish lozimki, 22 yoshli daniyalik futbolchi bu mavsum hozircha “Chelsi” safida birorta ham o‘yinda ishtirok etmadi va shu sababli ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Ispaniyalik 31 yoshli futbolchi esa bu mavsum APLda bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda ishtirok etdi. Lekin, bundan avvalroq u mavsum oxirigacha “Chelsi”da qolmoqchi ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.
Fikrlar