"Milan" futbolchisini Turkiyaga chorlashmoqda

  • 22 yanvar, 2019, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi himoyachisi Kristian Sapata faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Xabarlarga qaraganda 32 yoshli kolumbiyalik futbolchini "Fenerbaxche" o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Turk kluba uni joriy qishki transferlar chog‘idayoq sotib olmoqchi.

"Fenerbaxche" Sapataga 2021 yilga qadar bo‘lgan shartnoma va yiliga 2,4 mln evro maosh taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sapata “rossonerilar” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 145ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Transfer narxi esa 2,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!