
"Milan" Xorvatiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi
“Milan” “Fiorentina” hujumchisi Nikola Kalinich borasidagi kurashda “Everton”ni ortda qoldirdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a’zosi 25 mln evro evaziga “rossonerilar” safiga o‘tishga juda yaqin turibdi. O‘z navbatida “Fiorentina” “Jenoa”dan Jovanni Simeoneni sotib olgach, Kalinichni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum A Seriyada jami 32ta uchrashuvda maydonga tushgan Kalinich raqiblari darvozasiga 15ta gol kiritishga muvoffaq bo‘lgan.
Fikrlar